Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт DARAKCHI.NET! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Jamshid94 (Журналист)
ELLO
Jasur (Журналист)

03.03.2017

20 yoshda bilish kerak bo'lgan 20ta muhim narsalar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 828
20 yoshda bilish kerak bo'lgan 20ta muhim narsalar

"Yoshlik bilganida, keksalik imkon berganida edi...". Bu ibora bizning va farzandlarimizning hayotimizda iloji boricha kamroq qo‘llanishi uchun, yozuvchi va tadbirkor-trener Julen Smit hayotini endigina boshlayotgan insonlar uchun amaliy maslahatlar tuzib chiqdi. Balki ularga amal qilgan holda biz kamroq o‘qirmiz va ish bilan jiddiy shug‘ullanarmiz?

1. Dunyo sizni omi qilib qoldirishga harakat qiladi. Ilmsiz odamlardan pul sog‘ib olish osonroq va ularni boshqarish engilroq. Imkoningiz boricha mustaqil o‘qib o‘rganing - boy, mustaqil va baxtli bo‘lish uchun.

2. Ko‘r-ko‘rona ilm institutlariga ishonmang. Ular o‘quv rejalari tuzib bo‘lgunlaricha tizim eskiradi, ba‘zan esa sinib ham ulguradi. Yaxshisi o‘qish va hurmat orttirishda izdoshlik emas, etakchilik yo‘lidan borish kerak.

3. Imkoningiz boricha ko‘proq o‘qing. Tez o‘qib yuqori darajada eslab qolish texnikasini o‘zlashtiring. Siz bitta kitobni bemalol bir haftada o‘qib tugata olasiz.

4. Hamma bilan muntazam muloqotda bo‘lishga harakat qiling. Muloqot ustasi bo‘ling. Odamdan o‘zingizga yoqadigan tomonini izlang va uning shu tomoniga murojaat qiling.

5. Vaqtingizni kamtarlikka sarflamang. Kamtarlik – qaror qabul qilishda hissiyotingiz ustunligiga ishonchdir, aslida esa buning butunlay teskarisi bo‘lishi kerak.

6. Agar suhbat mobaynida kimdir sizni yoqimsiz hayratga solsa, tezda u bilan aloqani uzing.

7. Sizdan yoshi katta insonlar bilan iloji boricha ko‘proq muloqotda bo‘ling. Kattalar bilan suhbatning qadrli tomoni shundaki, tengdoshlaringizning qaror qabul qilish tizimi sizga uncha foyda bermaydi. Kattalar esa, siz keyinroq bilib oladigan narsalarni allaqachon bilishadi, shuning uchun ulardan so‘ragan afzal.

8. O‘zingizdan ustunroq odamlarni qidiring (sizni qiziqtirgan tomondan) va ular bilan vaqt o‘tkazing. Bu o‘zi muhim, ammo natijasi undan ham muhim – guruhda o‘rtachagina bo‘lib yurmang, eng yaxshisi bo‘lishga harakat qiling (qiziq narsalar qiling, izzat talab bo‘ling, hozirjavob va uquvli bo‘ling).

9. Tobora vaqt o‘tishi bilan siz konservatorga aylanib borasiz. Bu oddiy dalil. Atrofingizdagilar "status kvo" (ayni ish vaziyati)ni ushlab turuvchi "pufak" hosil qiladilar. Xuddi shuning uchun ham barcha aql bovar qilmaydigan rejalaringizni HOZIR amalga oshiring. Keyin siz o‘ta qo‘rqoq bo‘lib qolasiz. Menga ishonavering.

10. Chiqimni iloji boricha kamaytiring. Bu sizga men yuqorida aytib o‘tgan aql bovar qilmaydigan rejangizni amalga oshirish uchun kerak.

11. Mavqeingizni ob‘ektlar yordamida olmang (bu faqat vaqtinchalik obro‘ beradi), uni tajriba orqali oshiring. Boshqachasiga aytganda – Parijga borib kelish yangi shkaf olishdan ko‘ra yaxshiroq tanlov. Tadqiqotlarga ko‘ra, bunday tanlov hayotdan qoniqish hissini ko‘taradi.

12. Loyihalashtirishni o‘rganing. Bumantiqni, xotirani va tasavvurni rivojlantiradi.

13. Yoshligingizdan vazningiz oshib ketmasin. Gormonlaringiz avvaliga bu ishda sizga yordam beradi, bu imkoniyatni qo‘ldan bermaslik kerak, menga ishonavering.

14. Taom tayyorlashni o‘rganing. Bu hayotingizni engillashtiradi, ovqatlanish zaruriyatdan, yoqimli mashg‘ulotga aylanadi va mablag‘ingizni ham tejaydi.

15. To‘yib uxlang. Uyqu va o‘z taomingiz ortiqcha vazn yig‘masligingizga yordam beradi. Agar siz "qabrda uyquga to‘yaman" yoki "hali ko‘p narsaga ulgurishim kerak, uyquga vaqtim yo‘q" desangiz, sizga shuni aytamanki, "uyquga qonmasangiz sizdan foyda yo‘q", uyqu vaqtini kamaytirganingiz sizga yordam bermaydi.

16. O‘zingizga ilova-yon daftari tuting. Miyangizdagi xotira kuchiga ishonmang. Vaziyatni "nimadir qilishim kerak edi"gacha obormang. Faqa o‘z yozuvlaringizga ishoning.

18. Biron-bir narsada mutaxassis bo‘ling. 5 yilingizni ish bilan o‘tkazing, bekorchilik bilan emas. Agar kasbingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz - bemalol. Faqat bitta narsani tanlang.

19. Odamlarni o‘zgartirishga harakat qilmang. Yaxshisi hali buzilib ulgurmaganlarni toping.

20. Agar muhtojlikda yashayotgan bo‘lsangiz, pul masalasini hal qiling. Internetdan foydalaning, u auktsion orqali sizga biron nimani arzonroq sotib olishga yordam beradi. Agar siz oylikdan oylikkacha yashayotgan bo‘lsangiz, bu davrni ikki hafta o‘rniga uch haftaga cho‘zing. Keyin, ishingiz yurishib ketganda avvaliga biroyga, keyin uch, olti oyga va nihoyat bir yilga rejalashtirishingiz mumkin. Maqsad - 5 yil oldinga rejalashtira oladigan mavqega etish.
Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Реклама

Календарь новостей

«    Март 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031